Turkiyada yana bir özbekistonlik ayolning jasadi topildi

Turkiyada yana bir özbekistonlik ayolning jasadi topildi

Özbekistondan Turkiyaning Balikesir şahriga borgan Dilafröz Çöliyeva izsiz ğoyib bölgaç, yaqinlari tomonidan qidiruvga berilgani aytilgandi. Turkiyaning Balikesir viloyatida böş maydondan topilgan jasad 21 yanvardan buyon qidiruvda bölgan 46 yoşli Özbekiston fuqarosi Dilafröz Çöliyevaga tegişli ekani aniqlandi. Bu haqda “HaberTürk” naşri yozdi. 


Maʼlum qilinişiça, Havran tuman Jandarma qömondonligiga Balikesir şahrining Havran tumaniga qaraşli Çamdibi mahallasida böş yer maydonidan ayol kişining jasadi topilgani haqida maʼlumot kelib tuşgan. 

Hodisa joyida olib borilgan tekşiruvlar natijasida jasad 21 yanvardan buyon Burhaniye tuman Emniyat boşqarmasi tomonidan “bedarak yöqolgan şaxs” sifatida qidiruvda bölgan 46 yoşli Özbekiston fuqarosi Dilafröz Çöliyevaga tegişli ekani maʼlum bölgan. 

Marhumaning jasadi sud-tibbiy ekspertiza ötkaziş uçun Bursa Sud-tibbiyot muassasasiga yuborilgan.

Mazkur holat yuzasidan Çöliyevaning sevgilisi ekani aytilgan 44 yoşli I.I., şuningdek, uning tanişlari – B.N. (40 yoş), B.U. (40 yoş) va M.K. (22 yoş) qölga olingandi. Huquq-tartibot idoralaridagi söroq jarayonlaridan söng sudga çaqarilgan I.I. hibsga olinib, qolgan uç nafar gumondor sud jarayoni davomida qamoqqa olinmasdan, şartli ravişda qöyib yuborilgan.

Taxminan bir oydan buyon onasidan darak ololmagan öğli Şohrux Töraqulov onasining qandli diabet bolan oğriganini aytgan.

“Onam qandli diabet hastaligi bilan kasallangan. Dori-darmonlarini vaqtida qabul qilmasa, soğliğida jiddiy muammolar yuzaga keladi. Uning hayotidan xavotirdaman. Iltimos, uni topişga yordam bering”, degan edi Şohrux Töraqulov.

Maʼlumot örnida, 46 yoşli Dilafröz Çöliyeva işlaş uçun Turkiyaga borib, Balikesirning Burhoniya tumani yaşagan. U yerda keksa va bemor kişiga qaragan. Ayol joriy yilning 21 yanvar kuni bozorga çiqiş uçun ruxsat olgan va tösatdan ğoyib bölgan. 

Çöliyevadan xabar ololmagan yaqinlari uning bedarak yöqolganligi haqida ariza bergan va voqea yuzasidan Özbekiston elçixonasi hamda konsulligi xabardor qilingan. 23 yanvar kuni iş beruvçilari ham Dilafröz Çöliyevani qidirib, politsiyaga xabar bergan.


Teglar:
×