Ob-havo: bahorning ilk haftasida bizni jazirama kutmoqda

Ob-havo: bahorning ilk haftasida bizni jazirama kutmoqda

«Özgidromet» xabariga köra, bu yilgi bahor quyoşli va iliq havo bilan boşlanadi. 1—2 martda kunduzgi harorat 20-23 darajagaça kötariladi, bu örtaça köp yillik qiymatlardan 8-10 darajaga yuqori.

Qayd etilişiça, 3 mart kuni Özbekiston hududining katta qismida iliq va quruq havo saqlanib turadi. 4—5 martda salqin va nam havo oqimining kirişi bilan harorat pasayadi. Respublikaning baʼzi joylarida yomğir yoğadi. Biroq bahor oyining birinçi ön kunligida ob-havoning keskin özgarişlari kutilmayapti.

Özbekistonda mart oyi yilning ham yoğinlar miqdori ham yoğingarçilikli kunlar soni böyiça eng köp kuzatiladigan davridir. Örtaça hisoblaganda agar şimoliy hududlar va çöl zonasini hisobga olinmasa, martda 10 kundan 15 kungaça yoğingarçilikli kunlar böladi.

«Şuni ham nazarda tutiş kerakki, mart oyi juda injiq oy. Bu oyga havo oqimi yönalişlarining tez-tez özgarib turişi xosdir. Xorijiy janubdan jadal kiradigan juda iliq havo oqimi Volgaböyi, baʼzida Ural va kamdan kam holda Ğarbiy Sibirdan kiradigan sovuq havo bilan almaşib turadi. Şuning uçun issiq havoli davr sovuq haroratli davr bilan almaşib turadi. Havo oqimlari almaşinuvi nam bilan birgalikda kelsa, ob-havo beqaror bölib, yoğingarçilik kuzatiladi», — deyiladi xabarda.

×