Ertaga, 24 mart kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkent xalqaro investitsiya forumida iştirok etadi. Davlat rahbari forumning yalpi sessiyasida nutq sözlaydi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati rahbari Şerzod Asadov maʼlum qildi.
Qayd etilişiça, tadbirda YETTB prezidenti Odil-Reno Basso, Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Masatsugu Asakava, Saudiya Arabistoni podşohligi investitsiyalar vaziri Xolid al-Falih, Jahon savdo taşkiloti vitse-prezidenti Syançen Çjan, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki vitse-prezidenti Konstantin Limitovskiy, Xalqaro moliya korporatsiyasi vitse-prezidenti Stefani fon Friderburg ham qatnaşadi.
Prezident iştirokidagi sessiyada BBC World News xalqaro telekanalida yangiliklar boşlovçisi sifatida tanilgan, hozirda esa Yevropa tiklaniş va taraqqiyot bankining kommunikatsiya masalalari böyiça direktori lavozimida faoliyat yuritayotgan Jonatan Çarlz moderatorlik qiladi.
Asadovga köra, bugun, 23 mart kuni davlat rahbari Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixonov boşçiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qiladi.









