10 iyul kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Islom tsivilizatsiyasi I Xalqaro forumida iştirok etiş uçun Özbekistonga kelgan Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, şayxulislom Ollohşukur Poşşozodani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, uçraşuv avvalida davlat rahbari şayxulislom tomonidan tuhfa etilgan, Özbekiston va Ozarbayjon rahbarlarining umumiy saʼy-harakatlariga bağişlangan “Qardoşlik va ittifoqçilikning oliy nuqtasi” kitobi uçun minnatdorlik bildirgan.

Muloqot davomida millatlararo totuvlik va diniy bağrikenglikni yanada mustahkamlaş, yoşlarning maʼnaviy tarbiyasini yuksaltiriş va boşqa masalalar atrofliça muhokama qilingan.

Özbekiston Prezidenti ikki tomonlama madaniy-maʼrifiy hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqişga qaratilgan muhim takliflarni ilgari surgan.
Islomning asl insonparvarlik mohiyatini yoşlarga sodda va qiziqarli tarzda tuşuntiriş uçun raqamli platformalar va interaktiv taʼlim vositalaridan foydalanişda ilmiy salohiyatni birlaştiriş zarurligi qayd etilgan.

Uçraşuv yakunida davlat rahbari Ollohşukur Poşşozodaga musulmon dunyosi ilm-faniga qöşayotgan ulkan hissasi uçun Özbekistonning “El-yurt hurmati” ordenini topşirgan.









