Özbekistonda “bolalar nafaqasi”, “suyunçi puli” va boşqa ijtimoiy tölovlar böyiça özgariş böldi

Özbekistonda “bolalar nafaqasi”, “suyunçi puli” va boşqa ijtimoiy tölovlar böyiça özgariş böldi

Endilikda bir qator ijtimoiy tölovlar Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan amalga oşiriladi. Bu haqda agentlikning rasmiy sahifasida maʼlum qilindi.

Prezident farmoniga muvofiq, 2024 yil 1 yanvardan boşlab quyidagi ijtimoiy tölovlar Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufiga ötkazildi:

  • yoşga oid nafaqa;
  • boquvçisini yöqotganlik nafaqasi;
  • özgalar parvarişiga muhtoj nogironligi bölgan 18 yoşgaça bolalarning parvarişi bilan band bölgan qonuniy vakiliga nafaqa;
  • bolalikdan nogironligi bölgan şaxslarga nafaqa (1 va 2-guruh, 18 yoşdan katta);
  • 1 va 2-guruh nogironlari uçun nafaqa;
  • kam taʼminlangan oilalar uçun bolalar nafaqasi;
  • kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam;
  • farzand tuğilganda beriladigan bir martalik nafaqa (“suyunçi puli”);
  • dafn qiliş uçun nafaqa (“dafn puli”).

Bunda ijtimoiy tölovlar uçun ariza beriş, ularni körib çiqiş, tayinlaş va tölaşning amaldagi tartibi saqlab qolinadi. Endilikda fuqarolar mazkur ijtimoiy tölovlar bilan boğliq barça savollariga tuman yoki şaharlardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga murojaat qilişlari mumkin.

Maʼlumot uçun, ayni paytgaça Özbekistonda ijtimoiy himoya sohasida xizmatlarni körsatiş bir neça taşkilotlarga yuklatilgandi. Endilikda bosqiçma-bosqiç ijtimoiy himoya masalalari agentlik tasarrufiga ötadi.


×