Namanganda bir guruh bolalar örtasida janjal böldi. Uşbu hodisada tan jarohati olgan fuqarolarga nisbatan sudga oid tibbiy ekspertizalar tayinlangan.
Namangan viloyati IIB axborot xizmati Pop tumanida bir guruh fuqarolar örtasida sodir bölgan janjal yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilişiça, 2024 yilning 14 iyun kuni Pop tumani, «Çodakboşi» mahallasi hududida «Yuqori Çodakboşi» mahallasida yaşovçi va uşbu joyga dam oliş maqsadida kelgan Farğona viloyati, Qöqon şahrida yaşovçi bir guruh fuqarolar örtasida nizoli vaziyat yuzaga kelib, özaro janjallaşişgan hamda bir birlariga tan jarohati yetkazişgan. Natijada «Yuqori Çodakboşi» mahallasida yaşovçi fuqaro A.S örtaça oğir tan jarohati olgan.
Şuningdek, uşbu hodisada tan jarohati olgan boşqa fuqarolarga nisbatan sudga oid tibbiy ekspertizalar tayinlangan.
Mazkur holat yuzasidan 15.06.2024 yilda Pop tuman IIB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan Jinoyat Kodeksning 277-moddasi 2-qismi «a,b,v» bandlari bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyat işi Namangan viloyati IIB tomonidan nazoratga olingan va qonuniy qaror qabul qilinişi taʼminlanadi.









