Turkiya mediasi mamlakatning birinçi xonimi – Prezident Rajab Toyib Erdöğanning rafiqasi Emina Erdöğan bundan 22 yil avval Turkiyada bölib ötgan NATO sammiti davlat va Hukumat rahbarlarining rasmiy qabul marosimiga faqatgina boşida römoli bölgani uçun kiritilmagani, oradan yillar ötib, bunday qabul marosimi uning özi tomonidan taşkil etilgani haqida bong urmoqda.
Gap şundaki, joriy yilning 7-8 iyul kunlari Turkiya NATO sammitiga mezbonlik qildi. Ayni voqelik Turkiyaning yaqin siyosiy va ijtimoiy tarixi xotiralardan öçmaydigan ramziy özgariş sahnasiga aylanmoqda.
Oxirgi bor Turkiyada NATO sammiti 2004 yil ötkazilgandi. Öşanda sammitga Istanbul şahri mezbonlik qilgan. Hozirgi davlat rahbari Rajab Toyib Erdöğan öşa vaqtda Hukumat rahbari edi.
Öşa paytdagi Prezident Ahmad Najdad Sezar sammit doirasida jahon yetakçilari va ularning rafiqalarini rasmiy keçki ovqatda mehmon qilişi kerak edi. Ammo öşa tunda turk siyosiy tarixiga qora doğ va "diplomatik çetlatiş" harakati sifatida kiradigan voqea sodir böldi.
Öşa paytdagi Boş vazir Rajab Toyib Erdöğanga yuborilgan rasmiy taklifnoma bir kişilik, yaʼni uning turmuş örtoği taklif qilinmadi. Uşbu ataylab qilingan diplomatik manyovr ortidagi yagona maqsad – Boş vazirning rafiqasi Emina Erdöğanni faqat boşida römoli bölgani uçungina davlatning rasmiy ziyofatida iştirok etişiga tösqinlik qiliş, uni öz mamlakatida "keraksiz şaxs" deb eʼlon qiliş edi. Öşa kuni Erdöğan xalqaro hamjamiyat oldida davlatning korporativ obrösiga putur yetkazmaslik uçun keçki ovqatga yolğiz bordi. Tadbirning mezboni bölsa-da, unda begonadek munosabat kördi.
Oradan 22 yil ötib, Turkiya yana NATO sammitiga mezbonlik qilmoqda. Ammo bu safar manzara butunlay boşqa. Bir paytlar römolini sabab eşik ortidan qoldirilgan Emina Erdöğan bugun Prezidentlik saroyida mezbonlarni qarşilamoqda. Jahon diplomatiyasining markazida va eng közga köringan joyida dunyo yetakçilari va ularning rafiqalarini şaxsan kutib oldi. Turk mediasi ayni vaqtda 22 yil davomidagi farq, siyosiy vaziyatning özgarişi va mamlakatning tutgan örnini taqqoslamoqda.









