Bugun, 6 sentyabr kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdöğanning “Dunyo yanada adolatli bölişi mumkin” nomli kitobi naşrdan çiqdi. Unda Prezident Erdöğan dunyoda davom etayotgan uruşlar, qirğinbarotlar, oçlik, qurğoqçilik, qaşşoqlik va pandemiya fonida ularning yanada ortib borayotgani, BMT esa qöl qovuştirib ötirganini yozadi.
Kitobda davlat rahbari Turkiyaning butun insoniyat uçun adolatni taʼminlaş harakatlarini batafsil tasvirlab beradi.
Turkiya rahbari öz işida global siyosatdagi ikkilanişlarga, xususan, adolatsizlik, migratsion inqiroz, xalqaro terrorizm va islomofobiya muammosiga işora qilib, BMT misolida dunyodagi kamsitiş va ikki tomonlama standartlarni oçib beradi.
Kitob muallifi BMTning qonuniylik, imkoniyatlar, samaradorlik, inklyuzivlik, vakillik va boşqaruv kabi muammolariga eʼtibor qaratgan.
Turkiya Prezidenti bir neça yillardan buyon BMT Xavfsizlik Kengaşini tubdan isloh qiliş zarurligini taʼkidlab keladi. U kitobda yana bir bor uşbu masalaga töxtalgan.
Turkiya davlati rahbari asar orqali "bolalar ölgan va öldirilgan dunyoda begunoh odamlar yöq" degan ğoyani ilgari suradi. Qolaversa, Erdöğan zamonaviy jahon hamjamiyatiga eng zarur narsa adolat deb hisoblaydi.









