Markaziy Osiyo böyiça tahlilçi Arkadiy Dubnov «Facebook»dagi sahifasida Qozoğistonning sobiq prezidenti, ommaviy noroziliklar ortidan mamlakatni tark etgan Nursulton Nazarboyev ayni paytda Xitoyda ekani haqida yozdi.
Bu maʼlumotga rasmiy idoralar hozirça munosabat bildirgani yöq.
Siyosatşunos A.Dubnov Nazarboyevning jiyanlari – yaqingaça Qozoğiston Milliy xavfsizlik qömitasi raisining örinbosari vazifasida işlab kelgan general Samat Abiş hamda milliarder Qayrat Sotiboldi hibsga olinganini ham maʼlum qilgan.
30 yil davomida Qozoğistonga rahbarlik qilgan N.Nazarboyev 2019 yili prezidentlikni topşirib, Xavfsizlik kengaşi raisi lavozimini saqlab qolgan edi. Ammo mamlakatni ostin-ustun qilgan namoyişlardan keyin, joriy yil 5 yanvar kuni Xavfsizlik kengaşi raisi lavozimini amaldagi prezident Qosim-Jömart Töqayevga topşirişga majbur böldi. Bu orada N.Nazarboyev Rossiyaga, Qirğizistonga, BAAga ketgani xususida taxminlar örtaga çiqdi. 7 yanvar kuni esa Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko Nazarboyev bilan telefonda suhbatlaşganini maʼlum qildi. Ammo sobiq prezidentning qayerda ekani oçiqlanmadi.
Suyultirilgan gaz narxi oşişiga qarşi çiqqan namoyişçilar N.Nazarboyevning butkul siyosatdan ketişini talab qildi. Birinçi prezidentning Toldiqörğon şahrida örnatilgan haykali esa namoyişçilar tomonidan sindirib taşlandi.
Mamlakat poytaxti Ostona şahri 2019 yilda Nazarboyev şarafiga Nursulton deb qayta nomlangani maʼlum. Xorij matbuotiga köra, Qozoğiston hukumati ayni paytda Nursulton nomini tilga olmayotir. Bu xususda gap ketganda, «mamlakat poytaxti» kabi nisbatan betaraf jumlalar qöllanmoqda.









