Erdöğan Mirziyoyevni qayta saylangani bilan qutladi

Erdöğan Mirziyoyevni qayta saylangani bilan qutladi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan bilan telefon orqali muloqot qildi.

Turkiya Prezidenti davlat rahbarini Prezident saylovida erişgan ğalabasi bilan samimiy muborakbod etib, ovoz beriş natijalari mamlakat aholisi Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlarni keng qöllab-quvvatlayotganini körsatganini alohida taʼkidladi.

Özbekiston yetakçisi, öz navbatida, Turkiya Prezidenti va butun xalqini uşbu mamlakatning yaqinlaşib ketayogan boş milliy bayrami – Respublika kuni bilan iliq qutlab, tinçlik-osoyiştalik va tinçlik-farovonlik tiladi.

Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengaşining navbatdagi yiğilişi va Turkiy Kengaş sammitiga tayyorgarlik masalalari körib çiqildi.

Özaro savdoni yanada köpaytiriş, yirik investitsiya loyihalari portfelini kengaytiriş va muhim taʼlim dasturlarini amalga oşiriş borasidagi birgalikdagi saʼy-harakatlarni davom ettiriş muhim ekani qayd etildi.

×