Transport vositasini boşqariş davomida haydovçilar yöl-patrul xizmati xodimlariga biometrik pasport yoki ID-kartasining asl nusxasini taqdim etişlari şart. Bu haqda Içki işlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti YHXX xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 1 iyulidan boşlab YPX xodimlari maşinani töxtatsa, haydovçilar pasport yoki ID-kartasining elektron şaklini taqdim etişi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Yöl harakati xavfsizligi xizmati bu xabarga munosabat bildirdi.
Unga köra, haydovçilar yöl-patrul xizmati xodimlariga biometrik pasport yoki ID-kartasining asl nusxasini taqdim etişlari şart böladi. Hattoki 1 iyuldan keyin ham.
Vazirlar Mahkamasining tegişli qaroriga köra, 2025 yil 1 iyuldan boşlab my.gov.uz yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va ijtimoiy karta mobil ilovasidagi 17 turdagi hujjatlarning unifikatsiyalangan raqamli servislari joriy etilişi belgilangan. Uşbu raqamli servislarning qoğoz nusxalari banklarda, notarial idoralarda, aeroportlarda içki reyslarni röyxatdan ötkazişda va Özbekiston Respublikasi hududidan ötuvçi poyezdlarga çiqişda, davlat, korporativ va boşqa xizmatlarni körsatiş, şu jumladan, elektron xizmat körsatişda hamda fuqarolarni qabul qilişda tegişli hujjatlarni taqdim etişni talab qiladigan davlat organlari va boşqa taşkilotlarda talab etilmasligi belgilangan.
Joriy tartib yöl harakati xavfsizligi xizmatining fuqarolarga xizmat körsatuvçi maʼmuriy amaliyot markazi yoki röyxatlaş va imtihon oliş bölimlarida amal qiladi.
“Biroq, Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 135-moddasi törtinçi qismiga köra, yöl-patrul xizmati inspektorlariga haydovçilar transport vositasini boşqariş davomida biometrik pasport yoki identifikatsiyalovçi ID-kartasining asl nusxasini taqdim etişlari şart”, deyiladi munosabatda belgilangan hujjatlarning asl nusxalarini taqdim etilişi kerakligiga asos qilib.
Taʼkidlanişiça, pasport yoki ID-kartasi mavjud bölgan taqdirda, haydovçilik guvohnomasini, transport vositasi röyxatdan ötkazilganligi töğrisida, şuningdek, transport vositasiga egalik qiliş, egasi yöqligida undan foydalaniş yoki uni tasarruf etiş huquqini tasdiqlovçi hujjatlarni, suğurta polisini, oynalar tusini özgartiriş, qoraytiriş uçun tegişli ruxsatnomani haydovçilar yonida olib yurişi talab etilmaydi.









