iPhone 14 smartfonida SIM-karta uçun joy yöq

iPhone 14 smartfonida SIM-karta uçun joy yöq

Xabarlarga köra, «Apple» kompaniyasi 2022 yilning sentyabrida taqdim etadigan navbatdagi ayfon (iPhone 14)ga odatiy SIM-kartani örnatiş mumkin emas — qurilma uyali tarmoqlarga eSIM texnologiyasi vositasida ulanadi. Bu özgariş kamida AQŞ bozorini qamrab oladi.

«MacRumors» kompaniyadagi nomi oşkor qilinmagan manbasiga asoslanib yozişiça, «Apple» AQŞdagi yirik mobil aloqa operatorlarini smartfonda közda tutilayotgan özgarişlar haqida xabardor qilgan.

Manba naşrga taqdim etgan hujjat nusxasida jismoniy SIM-kartalardan voz keçişga tayyorgarlik köriş haqida gap boradi. Ammo unda aynan «Apple» va uning smartfonlari nomlari keltirilmagan. «Apple» öz smartfonlaridan SIM-slotni olib taşlaşi haqida yaqinda Braziliyaning «Blog do iPhone» texnoblogida ham xabar çiqqandi. Biroq unda 2023 yil haqida gap bor.

Oxirgi çiqarilgan iPhone 13 mohiyatan uç sim-kartali: bitta jismoniy SIM-karta bilan bir paytning özida ikkita virtual eSIM-kartani işlatiş mumkin.

×