Özbekistonda ötkazilgan aholi va qişloq xöjaligini röyxatga olişning dastlabki natijalariga köra, mamlakat aholisining 21,7 million nafari mehnatga layoqatli yoşdagi fuqarolarni taşkil etadi. Bu mamlakat umumiy aholisining 55,7 foizini taşkil etadi.
Statistik maʼlumotlarga köra, aholining yoş tarkibi uç asosiy toifaga bölingan. Jumladan, mehnatga layoqatli yoşdan kiçik aholi soni 12,5 million nafarni taşkil etib, bu mamlakat umumiy aholisining 32 foiziga teng. Mehnatga layoqatli yoşdagi aholi esa 21,7 million nafar bölib, ularning uluşi 55,7 foizni taşkil qilgan. Mehnatga layoqatli yoşdan katta fuqarolar soni 4,8 million nafarni, jami aholining esa 12,3 foizini taşkil etgan.
Mutaxassislarning qayd etişiça, mazkur körsatkiçlar mamlakat aholisining asosiy qismini mehnatga layoqatli yoşdagi fuqarolar taşkil etayotganini körsatadi.









