Özbekistonda aholi jon boşiga daromad 3 ming dollarga yetişi kutilmoqda. 2018 yilda bu 1 ming 600 dollarni taşkil qilgan. Bu haqda bugun, 20 noyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunçilik palatasining majlisida söz oçdi.
Bildirilişiça, Özbekiston iqtisodiyoti 2 karra ösib, 100 milliard dollarlik tarixiy marradan oşgan. Xususan, Jahon banki 2024 yilda Özbekiston Yevropa va Markaziy Osiyoda iqtisodiyoti eng tez ösayotgan 3 ta davlat qatoridan joy olganini eʼtirof etgan.
Şuningdek, kambağallik darajasi sönggi 4 yilda 23 foizdan 11 foizga tuşgan. Bu yil esa u 9 foizga tuşişi kutilmoqda.
Eksport qariyb 2 barobar ösib, ilk bor 25 milliard dollardan, oltin-valyuta zaxiralari esa 40 milliard dollardan oşgan. Özlaştirilgan xorijiy investitsiyalar hajmi 6 karra köpayib, buning hisobiga 1,5 millionta yuqori daromadli iş örinlari yaratilgan. Yalpi içki mahsulotda investitsiyalar uluşi 30 foiz darajasida taʼminlangan.









