Özgidromet 6-8 fevral kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Unga köra, bugun, 6 fevral kuni kunning birinçi yarmida Özbekiston hududining katta qismida yoğingarçilik (yomğir, qor) böladi, faqat şimoliy hududlarda yoğingarçilik kutilmaydi. Havo harorati kunduzi 1-6 daraja iliq, şimolda 2-7 daraja sovuq böladi.
Ertaga respublika hududi böyiça yoğingarçilik kutilmaydi, faqat Farğona vodiysi hududlarida yoğingarçilik (yomğir, qor) bölişi mumkin. Havo harorati keçasi 2 daraja sovuq – 3 daraja iliqni taşkil etadi, kunduzi 7–12 iliqqaça kötariladi.
Yakşanba kuni asosan yoğingarçiliksiz ob-havo bölişi kutilmoqda. Havo harorati keçasi 0–5 daraja iliqni, kunduzi 10–15 daraja iliqni taşkil etadi.
Baʼzi joylarga tuman tuşişi mumkin. Şamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 6 va 8 fevral kunlari ayrim joylarda 13–18 m/s gaça kuçayişi mumkin.
Toğli hududlarda vaqti-vaqti bilan yoğinganrçilik (yomğir, qor) böladi. Qor köçişi xavfi bor.
Toşkentda bugun, 6 fevralda kunning birinçi yarmida yoğingarçilik (yomğir, qor) böladi, tuman tuşişi mumkin. Şamol ğarbdan 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat 3–5 daraja iliq böladi. Poytaxtda dam oliş kunlari yoğingarçilik kutilmaydi, ertaga, 7 fevral keçasi va ertalab tuman tuşişi mumkin. Şamol şarqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat ertaga keçasi 1 daraja sovuq–1 daraja iliq, kunduzi 9–11 daraja iliq, yakşanba kuni keçasi 1–3 daraja iliq, kunduzi 13–15 daraja iliq böladi.









