Özbekiston delegatsiyasi Xomanaiyning dafn marosimida qatnaşadi

Özbekiston delegatsiyasi Xomanaiyning dafn marosimida qatnaşadi

Özbekiston delegatsiyasi Ali Xomanaiy bilan vidolaşuv marosimlarida qatnaşadi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilişiça, Eron va Iroqda mamlakatning marhum oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy bilan vidolaşiş uçun olti kunlik keng kölamli motam marosimlari ötkaziladi. Eron Içki işlar vaziri örinbosari va motam tadbirlarini taşkil etiş böyiça ştab rahbari Ali Akbar Purjamşidiyon Tehronda bölib ötgan matbuot anjumanida 30 dan ortiq davlat va 90 dan ziyod mamlakatning diniy peşvolari vidolaşuv marosimlarida qatnaşişga tayyorligini maʼlum qilgan.

Eron Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Ismoil Boğoiy ham Oliy rahbar vafoti munosabati bilan tadbirlar ötkazilişini hamda mintaqa mamlakatlari va boşqa davlatlarning rasmiy şaxslari ularda iştirok etişga tayyor ekanini tasdiqlagan.

Özbekiston TIVdagi manbaga köra, 3 iyul kuni Özbekiston Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov boşçiligidagi mamlakat delegatsiyasi Eronga boradi va marosimlarda iştirok etadi.

Motam tadbirlari 4 iyul kuni Tehrondagi “Mosalla” majmuasida boşlanadi. Şu vaqtdan boşlab maydon ommaviy vidolaşuv uçun oçiq böladi. Ertasi kuni, 5 iyulda, öşa yerda janoza namozi öqiladi. Poytaxtda, ommaviy motam yurişi ham rejalaştirilgan.

Marosimlar mamlakatning boşqa şaharlari, jumladan, Qum va Maşhadda ham bölib ötadi. Alohida tadbirlar şia islomi uçun muqaddas sanalgan Iroqning Najaf va Karbalo şaharlarida ötkazilişi közda tutilgan. Oliy rahbar jasadini dafn etişning yakuniy marosimi 9 iyul kuni Maşhadda bölib ötadi.

Ali Akbar Purjamşidiyonning sözlariga köra, tayyorgarlik doirasida Eron içida va undan taşqarida tadbirlarni muvofiqlaştiruvçi yagona milliy ştab tuzilgan. Iroq ham motam marosimlarini ötkaziş va jasadni qabul qilib oliş uçun öz muvofiqlaştiriş markazini taşkil etgan.

Qayd etilişiça, motam tadbirlari iştirokçilarining umumiy soni millionlab kişiga yetişi mumkin. Ismoil Boğoiy anjumanda uşbu marosimlarni yaqin kunlarda Eron, Ğarbiy Osiyo mintaqasi va undan taşqaridagi “eng muhim va tarixiy voqea” deb atagan.

Oyatulloh Ali Xomanaiy bilan rasmiy vidolaşuv marosimi uning 28 fevral kuni AQŞ va Isroilning Eronga bergan ilk zarbalari oqibatida vafot etganidan qariyb tört oy ötib ötkazilmoqda.

Tört oylik keçikiş mintaqadagi mojaroning davom etayotgani, öt oçişni töxtatişga urinişlar va buning ortidan olib borilgan muzokaralar jarayoni bilan bevosita boğliqdir. Uşbu muzokaralar natijasida AQŞ bilan zarbalarni töxtatiş töğrisida kelişuvga erişilgan edi.

Eron tomoni marosim ayni paytda nisbiy deeskalatsiya davriga belgilanganini bildirgan: vositaçilar iştirokida özaro anglaşuv memorandumi böyiça muzokaralar davom etar ekan, Eron va AQŞ özaro öq uzişni töxtatib turadi.

Eron TIV matbuot kotibi anjumanda “AQŞning öz majburiyatlariga rioya qilmasligi jarayonning davom etişiga, şubhasiz, salbiy taʼsir körsatadi”, deya ogohlantirdi. Şuningdek, u “Biz heç bir harakatni javobsiz qoldirmaymiz. Eronga qarşi har qanday harakatga qatʼiy va zudlik bilan javob qaytariladi”, deya alohida taʼkidlagan.


×