Namangandagi suv inşootini quriş tenderida 23 ta xorijiy kompaniya qatnaşadi

Namangandagi suv inşootini quriş tenderida 23 ta xorijiy kompaniya qatnaşadi

Prezident qaroriga köra Namangan şahar oqova suv inşootini davlat-xususiy şeriklik şartlari asosida quriş va ekspluatatsiya qiliş rejalaştirilgan. Bu haqda «Özsuvtaʼminot» AJ matbuot xizmati xabar qildi.

Bugungi kunda mazkur loyiha «Özsuvtaʼminot» aktsiyadorlik jamiyati, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş agentligi va Osiyo taraqqiyot banki bilan birgalikda amalga oşirilmoqda.

Şu maqsadda Namangan şahar oqova suv inşootini davlat-xususiy şeriklik şartlari asosida quriş va ekspluatatsiya qiliş böyiça xalqaro oçiq tender eʼlon qilingan edi. Uşbu tenderda qatnaşiş uçun jami 23 ta xorijiy kompaniya ariza bergan.

Xususan, Turkiyadan 8 ta, Janubiy Koreyadan 4 ta, Frantsiya va Buyuk Britaniyadan 2 tadan, AQŞ, Misr, Birlaşgan Arab Amirliklari, Rossiya, Niderlandiya, Ispaniya va Yaponiyadan 1 tadan xorijiy kompaniyalar xalqaro oçiq tenderda qatnaşiş istagini bildirgan.

Namangan şahar oqova suv inşootining tizimlari 1960 yilda qurilgan bölib, bugungi kunda uşbu oqova suv tozalaş inşootlarining 70 foizi taʼmirlaş-tiklaş işlari olib borilmagani natijasida işdan çiqib, tozalanmagan oqova suv Sirdaryo daryosiga oqizilmoqda.

Osiyo taraqqiyot bankining yollangan xorijiy ekspertlari tomonidan 2019 yil sentyabr oyidan bugungi kunga qadar ötkazilgan tadqiqotlar natijasida hozirgi vaqtda mazkur obʼekt juda oğir ahvolda va foydalanişga yaroqsiz ekani, oqova suv ifloslantiruvçi moddalardan deyarli tozalanmayotgani, mavjud tizimni tiklab bölmasligi va uning örniga yangi inşoot quriş talab etilayotgani töğrisidagi xulosasi olingan.

×