Özbekistonda koronavirus tufayli vafot etgan ayol haqida yangi tafsilotlar eʼlon qilindi.Namangan viloyati hokimi mahalliy televideniya orqali çiqişi vaqtida viloyatdagi koronavirus böyiça ahvol hamda koronavirusga çalingan 72 yoşli ayol ölimi haqida batafsil töxtalgan.
"Viloyatimizda koronavirusga çalinganlar soni oltitani taşkil qilmoqda, - dedi afsus bilan Xayrulla Nazarov. - Turkiya davlatidan, Saudiya Arabistonidan Umra Hajini amalga oşirib kelgan fuqarolarimizni tekşiriş jarayonida bitta oiladan 5 kişi, yana bir oiladan bir kişida - jami olti kişida uşbu kasallik alomatlari aniqlandi. Ularning bir nafari - 72 yoşli onaxonimiz uşbu virus natijasida olamdan ötdilar".
Maʼlum bölişiça, uşbu onaxonning qizi Saudiya Arabistoniga Umra safariga Turkiya orqali borgan va u yerdan 12 mart kuni qaytib kelgan. Anʼanaga köra, Umra yoki Haj safaridan qaytgan kişini yaqin qarindoşlari va oila aʼzolari kelib köradi. Hokimning aytişiça, ayol 231 nafar kişi bilan muloqotda bölgan.
Natijada, uşbu oilaning beş nafar aʼzosi, şu jumladan, Saudiya Arabistoniga borgan ayolning özi ham, koronavirusga çalingan. Ular orasida vafot etgan onaxon, opasi, qizi (maktab öquvçisi) va nabirasi bor. Hozirda boşqa qarindoşlar tekşirilmoqda.Özbekiston Hukumati 24 fevral sanasidan Saudiya Arabistoniga borişni vaqtinça taqiqlagan edi.
Hozirda ayolning barça qarindoşlari karantinga olingan. Ularning birontasi 72 yaşar onaxonning dafn marosimida iştirok eta olmaydi. Onaxonni sanitariya-epidemiologiya nazorati xodimlari dafn etişdi.
"Mana sizga natija. Birinçidan, kasallikning yuqişi, ikkinçidan ölim holati, uçinçidan, onaxonni sönggi manzilga uning oila aʼzolari kuzatmagani. Men öylaymanki, bu Namangan aholisiga juda qattiq taʼsir qildi. Şaxsan menga bu juda qattiq taʼsir qildi", - dedi hokim.
Hozirgi paytda Özbekistonda koronavirusga çalinganlar soni 104 kişini taşkil qilmoqda, ularning 2 nafari vafot etgan.









