Ukraina rasmiylari ötgan bahorda Rossiya bilan muzokara qilişdan boş tortdi, Moskva tinçlik şartnomasi şartlarini muhokama qilişga tayyor bölgan, endi esa muzokaralar taqdiri Kiyevga boğliq, dedi prezident Vladimir Putin Afrika yetakçilari bilan uçraşuvda.
Uning taʼkidlaşiça, Rossiya Ukraina atrofidagi vaziyatni tinç yöl bilan hal qiliş yöllarini izlaşga tayyor.
«Qöşinlarimiz Kiyev yaqinidan olib çiqib ketilganidan söng ham Ukraina rasmiylari avvalgi barça kelişuvlardan voz keçdi <...>. Şunday ekan, yuriş navbati töliq ular tomonida ekanligiga işonaman», — dedi Putin.
Biroq Rossiya rahbari tomonlar harakat qilayotgan kelişuv şartlarini oşkor qilmasligini aytdi. Şu bilan birga, uning sözlariga köra, davlatning neytral maqomi Ukrainaning mustaqilligini eʼlon qilişda belgilab qöyilgan, bu Rossiya uçun muhim ahamiyatga ega, çunki bu uning manfaatlariga tub tahdid soladi.
Moskva Ukrainada tinçlikka erişiş böyiça Afrika davlatlari tomonidan işlab çiqilgan takliflarni diqqat bilan örganib çiqdi, deya qöşimça qildi Putin. Uning işontirişiça, Rossiya Afrika davlatlarining mojaroga yeçim topişdagi muvozanatli yondaşuvini va ularning «Rossiyaga qarşi kampaniya»ni qöllab-quvvatlaşdan boş tortişini qadrlaydi. U afrikaliklarning ğoyalarini «juda jiddiy va ehtiyotkorlik bilan» qabul qilişga vaʼda berdi.
«Öz navbatida, biz heç qaçon muzokaralardan boş tortganimiz yöq, muloqotni davom ettirişga tayyor ekanligimizni hamişa aytganmiz», — dedi Putin.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara olib borişi mumkin emasligi haqida farmon imzolagandi.
«Bizning davlatimiz doimo Rossiyaga teng, halol, munosib va adolatli şaroitlarda birga yaşaşga kelişib olişni taklif qilgan. Şubhasiz, bu Rossiya prezidenti bilan bu mumkin emas. U qadr-qimmat va halollik nimaligini bilmaydi», — degandi Zelenskiy.









