Özbekiston Portugaliya uçun jiddiy raqib – portugaliyalik agent

Özbekiston Portugaliya uçun jiddiy raqib – portugaliyalik agent

Portugaliyalik futbol agenti Paulu Barboza 2026 yilgi Jahon çempionati guruh bosqiçidan örin olgan Özbekiston va Portugaliya terma jamoalari örtasidagi uçraşuvda portugallarga oson bölmasligi aytib ötdi. Bu haqda u “Sovetskiy sport” naşriga maʼlum qildi. 


“Portugaliya oxirgi öyinini yaxşi ötkazmadi. Şuning uçun bu bahs oldidan hayajon yuqori. Jamoa qaysi tarkibda maydonga tuşişi va qay darajada tayyor ekani qiziq. Agar terma jamoamiz Kongoga qarşi öyindagi kabi harakat qilsa, bu bizning könglimizni qoldiradi”, deydi Barboza.

Uning fikriça, Özbekiston terma jamoasi Kongodan ança kuçli. Şu bois ular haqida jiddiyroq öylaş kerak.

“Özbekistonning avvalgi mağlubiyatini öyin manzarasiga qarab baholaş lozim. Maydondagi voqealar natijadan butunlay boşqaça edi. Şuning uçun bu jamoani kamsitiş mumkin emas. Özbekistonda yaxşi futbolçilar va kuçli murabbiylar ştabi bor. Bu öyin ham Portugaliya, ham Özbekiston uçun juda muhim ahamiyatga ega. Menimça, har ikki jamoaning ğalaba qozoniş imkoniyati 50 ga 50”, deydi u

U, şuningdek, uçraşuv sermazmun va keskin kuraşlarga boy ötişini kutmoqda.

“Albatta, Portugaliya ğalaba qozonişiga umid qilaman. Biroq bunga töliq işonçim yöq. Çunki oxirgi öyin milliy terma jamoaning sönggi ön yillikdagi eng omadsiz bahslaridan biri böldi. Men bu uçraşuvda köp gollar urilişini kutyapman. Ikkala jamoa ham faqat ğalaba uçun maydonga tuşadi va intriga final huştagiga qadar saqlanib qoladi. Şunga qaramay, içki hissiyotim Portugaliyaning 1:0 hisobida ğalaba qozonişini aytmoqda”, deya qöşimça qilgan Barboza.

Maʼlumot uçun, Portugaliya va Özbekiston milliy terma jamoalari örtasidagi mazkur bahs bugun, 23 iyun kuni AQŞning Xyuston şahrida bölib ötadi. Uçraşuv Toşkent vaqti bilan soat 22:00 da start oladi.


×