U-17 Jahon çempionati qurʼasi natijalariga köra Özbekiston ösmirlar terma jamoasi Paragvay, Panama va Irlandiya bilan bir guruhdan joy oldi. Qurʼa marosimidan söng jamoa boş murabbiyi Islombek Ismoilov musobaqa va raqiblar haqida öz fikrlarini bildirib ötdi.
“Har uçala raqib ham öz mintaqasining kuçli vakillari sanaladi va bu turnirga munosib tarzda yöl olişgan. Şu bois har bir öyinga alohida va puxta tayyorgarlik köramiz”, deydi murabbiy.
Uning bildirişiça, Paragvay – Janubiy Amerikaning jismoniy kuç, intizom va texnika uyğunligi bilan ajralib turadigan jamoasi. Ular heç qaçon kuraşdan çekinmaydi. Panama esa CONCACAF mintaqasida yildan-yilga ösib kelayotgan futbol maktabiga ega. Ularning öyin uslubi tezlik, qarşi hujum va yuqori pressingga asoslangan. Irlandiya klassik Yevropa futboli vakili bölib, kuçli şakllangan öyin va intizom bilan ajralib turadi.
“Şubhasiz, guruhdagi barça jamoalar kuçli. Bu bosqiçda oson raqib yöq. Ammo biz ham Osiyo çempionlari sifatida uşbu musobaqada şunçaki iştirok uçun emas, balki istalgan jamoaga qarşi raqobat körsatiş, öz salohiyatimizni namoyon etiş va yurtimiz nomini munosib himoya qiliş uçun harakat qilamiz
Jamoamizda işonç bor, sönggi yillarda katta tajriba orttirgan, bir qator oğir bahslardan ötgan va endi har bir öyinga çuqur tahlil, aniq reja hamda yuksak ruhiy tayyorgarlik bilan çiqadi. Bor eʼtiborimizni raqiblarni çuqur örganişga, iqlim va muhitga moslaşişga, şuningdek, futbolçilarimizni ruhiy va taktik jihatdan eng yuqori darajada tayyorlaşga qaratamiz. Yurtimiz bayroğini jahon miqyosida yuqori kötariş va futbol muxlislariga quvonç ulaşiş biz uçun şarafdir”, deya taʼkidlaydi Islombek Ismoilov.









