“Mançester Yunayted”ning 36 yoşli hujumçisi Kriştianu Ronaldu ESPN’ga bergan intervyusida Portugaliya terma jamoasining Qatar-2022 jahon çempionatiga pley-off bosqiçi orqali çiqiş imkoniyatlari va Turkiya bilan bölajak öyin haqida gapirdi.
“Jahon çempionatiga çiqmaslik juda açinarli bölardi. Futbolda ham, hayotda ham oğir kunlarni boşdan keçirmoqdamiz, lekin yiqilsak, kötariliş istagini körsatişimiz kerak. Portugaliya jahon çempionatida öynaşiga işonaman! Oldinda bizni qiyin öyinlar kutib turganini bilamiz. Mart oyida bunga tayyor bölamiz va pley-offda haqiqiy jang böladi. Hayot şunday, ideal stsenariyning özi yöq. Barçasini boriça qabul qilişimiz kerak”, deydi Ronaldu.
Eslatib ötamiz, Yevropada JÇ pley-off bosqiçining yarim finalida Portugaliya Turkiyaga qarşi öynaydi. Uşbu bahs ğolibi esa finalda Italiya – Şimoliy Makedoniya uçraşuvi ğolibi bilan mundial yöllanmasi uçun kuraşadi.
Maʼlumot uçun, futbol böyiça jahon çempionati joriy yilning 21 noyabr – 18 dekabr kunlari Qatar mamlakatida ötkaziladi.









