12 dekabr kuni boks böyiça Özbekiston çempionatining yarimfinal janglari ötkazilib, final oldidan boksda kamdan-kam uçraydigan holat yuzaga keldi. Musobaqaning 51 kilogramm vaznida bahs olib borayotgan Hasanboy Dösmatov yarimfinalda farğonalik Abdumajid Mannopovni mağlub etib, finalga yöl oldi. Uşbu vaznning boşqa yarimfinalida esa Dösmatovning ukasi Faryozbek final yöllanmasiga ega çiqdi.
Ikki aka-uka Dösmatovlar örtasidagi Özbekiston çempionligi uçun 51 kilo vaznda böladigan final jangi yuz bermaydigan körinadi.
Bu haqda Hasanboy Dösmatov yarimfinal jangidan keyin jurnalistlarga bergan intervyusida taʼkidladi.
«Ön birinçi yoki ön ikkinçi marta Özbekiston çempionatida qatnaşişim. Ukam Faryozbek esa hali yoş. Uni qöllab-quvvatlaş, boksdagi keyingi faoliyatiga dalda va ruhiy quvvat bağişlaş uçun kumuş medal bilan kifoyalanmoqçiman», – deya Hasanboyning sözlaridan iqtibos keltirgan ÖzA.
Boks böyiça Özbekiston çempionatining final janglari 14 dekabr kuni bölib ötadi.









