Belgiya “Tolibon” vakillariga viza berdi

Belgiya “Tolibon” vakillariga viza berdi

Belgiya “Tolibon” harakatining beş nafar vakiliga viza berdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.


Maʼlum qilinişiça, ular Yevropa Ittifoqi yiğilişida iştirok etiş uçun Bryusselga taklif qilingan.

Belgiya Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Odri Jakening sözlariga köra, gap faqat Belgiya hududida amal qiluvçi va bir kunlik muddatga berilgan vizalar haqida ketmoqda. Xavfsizlik nuqtai nazaridan “Tolibon” vakillarining Bryusselga qaçon kelişi oçiqlanmagan.

Yevropa Ittifoqidagi ikki manbaning xabar berişiça, “Tolibon” delegatsiyasi bugun, 23 iyun kuni Bryusselga yetib borişi kutilmoqda.

Joriy yilning may oyida Yevropa Ittifoqi Afğoniston fuqarolarini öz vataniga qaytariş masalasini texnik darajada muhokama qiliş uçun “Tolibon” vakillarini Bryusselga taklif qilgandi. Xususan, Yevropa davlatlarida yaşaş huquqiga ega bölmagan va xavfsizlikka tahdid soluvçi afğonlarni qaytariş masalasi körib çiqilişi rejalaştirilgan.

“Eurostat” maʼlumotlariga köra, 2013–2024 yillar oraliğida Afğoniston fuqarolari Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida 1 milliondan ortiq boşpana sörovi bilan murojaat qilgan. Ularning qariyb yarmi qanoatlantirilgan. 2025 yilda ham afğonlar Yevropa Ittifoqida eng köp boşpana söragan millat bölib qolmoqda.

“Tolibon” 2021 yil avgustida hokimiyatni egallaganiga qaramay, Yevropa Ittifoqining qariyb 20 davlati afğonlarni vatanga deportatsiya qiliş amaliyotini davom ettirmoqda. Köplab huquq himoyasi taşkilotlari bu amaliyotni tanqid qilib keladi. Ularning fikriça, deportatsiya qilingan şaxslar taʼqib, özboşimçalik bilan hibsga oliş va qiynoqlarga duç kelişi mumkin. Bu xavf ayniqsa ayollar, jurnalistlar, sobiq davlat xizmatçilari va faollar uçun yuqori hisoblanadi.


×