AQŞ özbekistonliklarga ham viza berişni töxtatdi

AQŞ özbekistonliklarga ham viza berişni töxtatdi

Avvalroq, AQŞ Davlat departamenti davlat byudjetiga yuk bölişi mumkin bölgan arizaçilarga qarşi kuraş doirasida 75 mamlakat fuqarolariga viza oliş uçun arizalarni körib çiqişni töxtatayotgani haqida xabar berilgan edi. Maʼlum bölişiça, mazkur röyxatga Özbekiston ham kiritilgan.



Bungaça “Fox News” öz ixtiyoriga kelib tuşgan içki hujjatga tayanib, konsullik xodimlariga Davlat departamenti tekşiruv va közdan keçiriş jarayonlarini qayta körib çiqayotgan paytda amaldagi qonunçilik asosida viza berişni rad etiş böyiça körsatma berilgani haqida xabar bergan edi. Çeklovlar joriy etiladigan davlatlar röyxatiga Rossiya, Somali, Afğoniston, Braziliya, Eron, Iroq, Misr, Nigeriya, Tayland, Yaman va boşqa davlatlar kiritilgan. Maʼlum bölişiça, mazkur röyxatda Markaziy Osiyodan Qozoğiston, Qirğiziston, Özbekiston ham bor.

Töliq röyxat:

Afğoniston, Albaniya, Jazoir, Antigua va Barbuda, Armaniston, Ozarbayjon, Bagama orollari, Bangladeş, Barbados, Belarus, Beliz, Butan, Bosniya va Gersegovina, Braziliya, Myanma (Birma), Kambodja, Kamerun, Kabo-Verde, Kolumbiya, Kot-dʼIvuar, Kuba, Kongo Demokratik Respublikasi, Dominika, Misr, Eritreya, Efiopiya, Fiji, Gambiya, Gruziya, Gana, Grenada, Gvatemala, Gvineya, Gaiti, Eron, Iroq, Yamayka, Iordaniya, Qozoğiston, Kosovo, Quvayt, Qirğiziston, Laos, Livan, Liberiya, Liviya, Şimoliy Makedoniya, Moldova, Möğuliston, Çernogoriya, Marokaş, Nepal, Nikaragua, Nigeriya, Pokiston, Kongo Respublikasi, Rossiya, Ruanda, Sent-Kits va Nevis, Sent-Lyusiya, Sent-Vinsent va Grenadinlar, Senegal, Serra-Leone, Somali, Janubiy Sudan, Sudan, Suriya, Tanzaniya, Tayland, Togo, Tunis, Uganda, Urugvay, Özbekiston va Yaman.

Arizalarni körib çiqiş 21 yanvardan boşlab töxtatiladi. Qayd etilişiça, vazirlik viza beriş tartibini qayta körib çiqayotgan bir paytda pauza “noaniq muddatga” davom etadi.

“Fox News”ga köra, 2025 yil noyabr oyida AQŞ Davlat departamenti butun dunyo böylab diplomatik vakolatxonalarga maxsus yöriqnoma yuborib, AQŞ immigratsiya qonunçiligidagi “public charge” (davlat yordami hisobiga yaşaş ehtimoli) qoidasi doirasida konsullik xodimlaridan yanada qatʼiy tekşiruv çoralarini qöllaşni talab qilgan.

Mazkur körsatmalarga binoan, davlat ijtimoiy yordamiga qaram bölib qolişi ehtimoli yuqori deb topilgan arizaçilarga viza berilişi rad etilişi şart. Baholaş jarayonida arizaçining soğliği, yoşi, ingliz tilini biliş darajasi, moliyaviy ahvoli hamda uzoq muddatli tibbiy parvarişga muhtojlik ehtimoli kabi omillar inobatga olinadi. Şuningdek, yoşi katta bölgan, ortiqça vaznga ega şaxslar yoki avval davlat tomonidan naqd pul körinişidagi yordam olgan yoxud muassasalarda saqlangan arizaçilar ham viza rad etilişiga duç kelişi mumkin.

“Davlat departamenti AQŞga kelib, keyinçalik “public charge”ga, yaʼni davlat ijtimoiy yordamiga qaram bölib qolişi va amerikaliklar saxovatini suiisteʼmol qilişi mumkin bölgan potentsial muhojirlarni nomuvofiq deb topiş böyiça özining uzoq yillik vakolatlaridan foydalanadi”, deydi AQŞ Davlat departamenti matbuot kotibi Tommi Pigott.

Uning sözlariga köra, Davlat departamenti ijtimoiy taʼminot va imtiyozlardan foydalanişni közlagan xorijiy fuqarolarning kirib kelişini oldini oliş maqsadida immigratsiya jarayonlarini qayta körib çiqayotgan bir paytda, uşbu 75 ta davlatdan immigratsiya vaqtinça töxtatiladi.

“Public charge” nima?

“Public charge” qoidasi önlab yillardan beri mavjud bölsa-da, uning ijrosi turli maʼmuriyatlar davrida keskin farq qilib kelgan, konsullik xodimlariga esa uşbu mezonni qöllaşda tarixan keng vakolat berilgan. Yangi pauzadan istisnolar juda çeklangan böladi va arizaçiga viza beriş “public charge” mezonlari böyiça tekşiruvdan töliq ötgandan keyingina ruxsat etiladi.

Bayden maʼmuriyati davrida, 2022 yilda qabul qilingan “public charge” qoidasi ijtimoiy yordam tuşunçasini çeklab, asosan naqd yordam va uzoq muddatli institutsional parvariş bilan çegaralagan. Bu talqinda oziq-ovqat talonlari (SNAP), ayollar, çaqaloqlar va bolalar uçun qöşimça oziqlantiriş dasturi – WIC, Medicaid yoki uy-joy vauçerlari kabi dasturlar hisobga olinmagan.

AQŞning Immigratsiya va fuqarolik töğrisidagi qonuni (INA) uzoq yillardan buyon konsullik xodimlariga arizaçilarni “public charge” asosida mamlakatga kiritmaslik huquqini berib keladi. Biroq Prezident Donald Tramp 2019 yilda uşbu tuşunçani kengaytirib, ijtimoiy imtiyozlarning ança keng doirasini qamrab olgan. Bu kengaytma sudlarda eʼtirozga uçrab, oxir-oqibat ayrim bandlari bloklangan, keyinçalik esa Bayden maʼmuriyati tomonidan bekor qilingan.


Teglar:
×