AQŞ ayrim özbekistonliklarga viza berişni çekladi

AQŞ ayrim özbekistonliklarga viza berişni çekladi

AQŞ Davlat departamenti Özbekistonda AQŞga noqonuniy immigratsiyani bila turib taşkillaştirişda iştirok etgan şaxslarga nisbatan viza çeklovlarini qöllaş çoralarini kördi. Bu haqda departamentning rasmiy saytida xabar berildi.

Bu çoralar Özbekistonda joylaşgan ikkita viza xizmatlari kompaniyasining rahbarlari va yuqori lavozimdagi masʼul xodimlariga taalluqli bölib, ular AQŞga noqonuniy köçib ötişni rejalaştirgan şaxslar uçun asosan şu maqsadga qaratilgan sayohat xizmatlarini körsatgani aniqlangan.

Mazkur qaror Immigratsiya va fuqarolik töğrisidagi qonunning 212(a)(3)(S)-bölimiga muvofiq qabul qilingan. Uşbu meʼyorga köra, AQŞ taşqi siyosatiga jiddiy salbiy oqibatlar keltirib çiqarişi mumkin bölgan şaxslarning mamlakatga kirişi taqiqlanişi mumkin.

Tergov maʼlumotlariga köra, Özbekistondagi ayrim şaxslar, jumladan voyaga yetmaganlarni ham öz içiga olgan holda, AQŞga noqonuniy immigratsiya qilişni közlagan odamlar uçun transport harakatlarini muvofiqlaştirgan. Ular Markaziy Amerikadagi tranzit nuqtalarigaça aeroportlar va çegaralar orqali taşişni taşkil etgan, keyinçalik köpçiligi AQŞga noqonuniy kirişga uriniş paytida aniqlangan.

AQŞ milliy xavfsizlik yoki immigratsiya qonunlarini izdan çiqarişga qaratilgan har qanday urinişlarga toqat qilmasligini bildirgan. Davlat departamenti noqonuniy immigratsiyadan foyda körayotgan şaxslar javobgarlikka tortilişini taʼminlaşini va çegaralar hamda milliy xavfsizlikni himoya qiliş maqsadida odam savdosi va kontrabanda tarmoqlariga qarşi qatʼiy çoralar körişini taʼkidlagan.

Şu bilan birga, AQŞ hukumati noqonuniy immigratsiyani taşkil etuvçi jinoiy tarmoqlarni bartaraf etiş borasida Özbekiston hukumati bilan yaqin hamkorlikni yuqori baholaşini bildirgan.


×