Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi Amerika Qöşma Ştatlari va Eron Islom Respublikasi örtasida özaro Anglaşuv memorandumi imzolanganini olqişlab, uni mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni tiklaş yölidagi muhim diplomatik yutuq deb baholadi.
Vazirlik bayonotida qayd etilişiça, hozirgi murakkab xalqaro vaziyatda erişilgan kelişuv keskinlikni yumşatiş hamda tinçlikka erişiş yölida muhim qadam hisoblanadi.
Şuningdek, Özbekiston AQŞ va Eron rahbariyatining hal qiluvçi pallada namoyon etgan siyosiy irodasi va uzoqni köra bilişini alohida eʼtirof etgan. Taʼkidlanişiça, uşbu kelişuv xalqaro hamjamiyat uzoq vaqtdan buyon kutgan barqaror tinçlik uçun mustahkam zamin yaratadi.
TIV mazkur özaro anglaşuvga erişiş uçun zarur şaroitlarni şakllantirişda muhim rol öynagan Pokiston va Qatar hissasini, şuningdek Turkiya, Saudiya Arabistoni, Misr hamda boşqa mintaqaviy hamkorlarning saʼy-harakatlarini yuqori baholagan.
Özbekiston tomoni muzokaralarning keyingi bosqiçlari konstruktiv ruhda davom etişi va erişilgan kelişuvlar amalda samarali röyobga çiqarilişiga umid bildirgan.
Bayonotda nizolar va qarama-qarşiliklarni xalqaro huquq tamoyillari, özaro hurmat hamda barça tomonlar manfaatlarini inobatga olgan holda diplomatik vositalar orqali hal etiş tinçlik va xavfsizlikni taʼminlaşning eng muhim şarti ekani taʼkidlangan.









