“Tolibon” Putinning payğambar Muhammad (s.a.v.) haqidagi sözlarini olqişladi

“Tolibon” Putinning payğambar Muhammad (s.a.v.) haqidagi sözlarini olqişladi

Afğonistonda hokimiyatni qölga olgan “Tolibon” harakati Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning payğambar Muhammad (s.a.v.) ni haqorat qiliş erkinlik va ijodkorlik ifodasi emasligi haqidagi sözlarini olqişladi. Bu haqda “Tolibon” tomonidan tayinlangan Afğoniston Taşqi işlar vazirligi Matbuot kotibi Abdul Kahar Balxiy Twitter’dagi sahifasida maʼlum qildi. 

“Afğoniston Islom Amirligi” Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning buyuk islom payğambari Muhammad (s.a.v.) ni haqorat qiliş söz erkinligi emas, balki diniy erkinlikka qarşi çiqiş, musulmonlarning muqaddas tuyğularini haqorat qiliş degan sözlarini olqişlaydi”, deya taʼkidlangan matnda. 

Bundan taşqari, “Tolibon” rahbariyati Rossiya rahbarining Afğoniston Markaziy banki aktivlarini ozod qiliş zarurligi haqidagi sözlarini olqişlagan. 

Eslatib ötamiz, Putin yillik yirik matbuot anjumanida payğambar Muhammad (s.a.v.) ni haqorat qiliş ijod erkinligi emasligini aytgandi. Rossiya Prezidentining sözlariga köra, payğambar Muhammad (s.a.v.) ni haqorat qiliş “diniy eʼtiqod erkinligini buziş va islom diniga eʼtiqod qiluvçilarning muqaddas tuyğularini buzişdir”.

×