Futbol böyiça Özbekiston Kubogi finalini boşqarib boradigan hakamlar eʼlon qilindi.

5 oktyabr kuni Farğonaning “Istiqlol” stadionida “Navbahor” va “Andijon” örtasidagi final uçraşuvi bölib ötadi. Uçraşuvni saudiyalik hakamlar guruhi boşqarib boradi.
Boş hakam Xolid Solih al-Turaisga Abdulrahim Habib al-Şammari hamda Muhammad Maki Alabakri qanotlarda yordam beradi. Nayim Qosimov esa zaxira hakami sifatida qayd etilgan.
VARda Sulton Sanat al-Harbi va Ahrol Risqullayev işlaydi. Vladislav Seylin nazoratçi va Zoxirjon Akramxonov komissar vazifasini bajaradi.









