Özbekiston milliy terma jamoasi himoyaçisi Abduqodir Husanov Kolumbiyaga qarşi uçraşuvdan söng maydon çetida jarohat olgan operatorga öz futbolkasini sovğa qildi. Bu haqda Özbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi
Maʼlumki bugun, 18 iyun kuni Özbekiston terma jamoasining Jahon çempionatidagi ilk bahsi davomida himoyaçi Abduqodir Husanov töp uçun keçgan kuraş epizodlaridan birida translyatsiya operatori bilan töqnaşib ketgan edi.
Uçraşuvdan keyin operatorning holidan xabar olinib, unga Abduqodir Husanov imzosi tuşirilgan maxsus futbolka taqdim etildi. Özbekistonlik futbolçi operatorga tezroq soğayib ketişini tilab, özining samimiy tilaklarini bildirdi.
ÖFA taʼkidlaşiça, mazkur voqea sportda özaro hurmat va insonparvarlik tamoyillarining yana bir yorqin namunasi böldi.









