Özbekiston milliy terma jamoasi himoyaçisi Abduqodir Husanov Jahon çempionatining dastlabki öyinida eng tezkor futbolçilardan biri böldi. Bu haqda FIFA xabar berdi.
FIFA rasmiy sayti 2026 yilgi Jahon çempionatining birinçi turidan keyingi eng tezkor futbolçilar reytingini eʼlon qildi. Unga köra, Husanov soatiga 36,5 kilometr tezlikka erişib, bu körsatkiç böyiça “Mançester Siti”dagi jamoadoşi – Norvegiya terma jamoasi hujumçisi Erling Holand bilan bir hil körsatgiç qayd etgan.
Uşbu röyxatda birinçi örinni avstriyalik himoyaçi Jordan Bos egallagan. Uning dastlabki turdagi körsatgiçi 36,7 kilometrni taşkil etadi.
Maʼlumot uçun, Abduqodir Husanov Jahon çempionatining ilk turida Kolumbiyaga qarşi bahsda maydonga tuşgan va jamoasining eng faol futbolçilaridan biri bölgan edi.









