Bu hammamizga kelgan sinov — Prezident onkologiyada davolanayotgan bolalardan xabar oldi

Bu hammamizga kelgan sinov — Prezident onkologiyada davolanayotgan bolalardan xabar oldi

Prezident Şavkat Mirziyoyev bugun yangi qurilgan Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida böldi. Davlat rahbari markazda yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi, şifokorlar, davolanuvçilar va ularning ota-onalari bilan suhbatda böldi.

Uşbu şifoxona yurtdoşlarimizga nima beradi? Avvalgi tizim bilan yangisi örtasida qanday farq bor?

Eng avvalo taʼkidlaş lozim, bolalar şifoxonasi kattalarnikidan alohida qilib çiqarildi. Ilgari kattalar bilan umumiy bölgan. Şuningdek, markazda qabul bölimi, konsultativ poliklinika, kunduzgi statsionar va reanimatsiya bölimlari taşkil etilgan.

Şuningdek, ilgarigi şifoxona 85 ta örindan iborat bölgan bölsa, yangisida 160 bolani davolaş imkoniyati mavjud. Yana bir eʼtiborga molik jihat, eski şifoxonada 15 kv.m joyda 3-4 nafar bemor yotgan, yangi markazda esa xuddi şunça joyda bir bola davolanadi. Ona-onalar alohida joy bilan taʼminlanişini ham aytib ötiş lozim.

Taom masalasida ham özgariş böldi, endi bolakaylarimiz beş mahal ovqatlanadilar. Ota-onalarga ham bepul taom beriladi.

Albatta davolaş sifati yaxşilanmaganda bu şart-şaroitlarning barçasi haqida gapirişdan ham maʼni qolmagan bölardi. Bu borada Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida bir qator yangiliklar qilindi.

- Turkiya, Rossiya va Belarus davlatlaridan maslahatçi-şifokorlar jalb qilindi;
- 18 ta davolaş standart va protokollari jahon talablari asosida qayta işlab çiqildi;
- 26 ta yuqori texnologik taşxis usullari joriy qilindi;
- Samaradorligi yuqori bölgan kimyoterapiya, target va immunoterapiya davolaş usullari joriy qilindi;
- Suyak özak xujayralari transplantatsiya amaliyotlari yiliga 4 tadan 14 taga yetkazildi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev markaz bilan tanişiş asnosida bolalar bilan ham, ularning ota-onalari bilan ham imkon qadar köproq suhbatlaşdi. Davlat rahbari ota-onalarga markaz qurişdan maqsad nima bölgani, qanday sabablarga köra davolaş protokollariga özgartiriş kiritilayotgani va qaysi davlatlardan mutaxassislar taklif etilayotganini batafsil tuşuntirişga harakat qildi.

— Bu kasallik sizga ham, bizga ham Allohdan kelgan sinov. Men öylaymanki, biz bu sinovdan yaxşi ötamiz, nasib qilsa kasalliklarni yengamiz! — dedi Şavkat Mirziyoyev.

×