Özbekiston islom moliyasi bozoriga qadam qöyadi: sukuk dasturi işga tuşiriladi

Özbekiston islom moliyasi bozoriga qadam qöyadi: sukuk dasturi işga tuşiriladi

Toşkent xalqaro investitsiya forumida Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekistonda kapital bozorini yanada rivojlantiriş va investitsiya oqimini diversifikatsiya qiliş böyiça yangi taşabbuslarni eʼlon qildi.


Davlat rahbarining taʼkidlaşiça, mamlakatda xalqaro kliring kompaniyalari faoliyati uçun keng imkoniyatlar yaratiladi. Bu esa moliyaviy bozorlarning xalqaro tizim bilan integratsiyasini kuçaytirişga xizmat qiladi.

Şuningdek, investitsiya manbalarini kengaytiriş maqsadida suveren islom obligatsiyalari — sukuk dasturini amalga oşiriş boşlanadi. Prezidentning qayd etişiça, mazkur çoralar mahalliy korxonalarga kelgusida kamida 10 milliard dollar qöşimça kapital jalb qiliş imkonini beradi.

Bundan taşqari, xususiylaştiriş jarayonlari doirasida joriy yilda 6 milliard dollarlik köçmas mulk obʼektlari, korxonalardagi davlat uluşlari va yer uçastkalari auktsion savdolariga çiqariladi.

Şavkat Mirziyoyev mahalliy va xorijiy investorlarni mamlakatda yaratilayotgan uşbu yangi imkoniyatlardan faol foydalanişga çaqirgan.


×