BAA kompaniyasi Özbekiston aviatsiya bozoriga kirmoqçi

BAA kompaniyasi Özbekiston aviatsiya bozoriga kirmoqçi

Birlaşgan Arab Amirliklarining Jetex kompaniyasi Özbekistonning aviatsiya bozoriga kirmoqçi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Vazirlik maʼlumotiga köra, Transport vaziri örinbosari Jasurbek Çoriyev Jetex kompaniyasi vakillari bilan videokonferents aloqa şaklida uçraşuv ötkazgan.

Uçraşuvda Jetex kompaniyasi Islom Karimov nomidagi “Toşkent” xalqaro aeroportida FBO şaklida davlat xususiy şerikçiligi asosida VIP va CIP mijozlarga xizmat körsatişni taşkil etiş böyiça investitsion loyihani amalga oşirişga istagini maʼlum qilgan. Kompaniya ayni mazkur loyiha doirasida öz mablağlari hisobidan Toşkent xalqaro aeroporti infratuzilmasini yanada rivojlantiriş maqsadida yölovçilar va biznes aviatsiyaga xizmat körsatuvçi yangi maxsus terminal va angar qurişni rejalaştirmoqda.

Kompaniya vakillari mazkur loyihaning amalga oşirilişi Toşkent xalqaro aeroporti nufuzi va jozibadorligini oşirişiga işonmoqda.

Jetex kompaniyasi 2005 yilda taşkil etilgan bölib, 5 qitʼada 30 ta biznes birlaşmasiga ega global tarmoqni taşkil etgan. Şuningdek, Jetex Yaqin Şarq, Turkiya va Pokistonda HondaJet kompaniyasining rasmiy dileri bölib hisoblanadi.

FBO (Fixed Base Operator) – aeroportlarda havo kemalari va yölovçilarga kompleks servis xizmatlari körsatuvçi, xususan, havo kemalariga yoqilği quyiş, töxtaş joyi, angarda saqlaş, texnik va taʼmirlaş xizmatlarini körsatiş, havo kemalarini ijaraga beriş, çarterlarni sotiş, taksi va yana boşqa köplab xizmat turlarini körsatuvçi taşkilotdir.

Uçraşuvda Jetex kompaniyasining investitsion loyihasini amalga oşiriş yuzasidan ikki tomon mutaxassilari iştirokida navbatdagi kengaytirilgan uçraşuvda loyihaning texnik, iqtisodiy jihatlarini atrofliça muhokama qiliş yuzasidan kelişib olindi.

×