«YueSeM Telekom» va MegaFon Özbekiston bozoriga kirib kelişmoqda

«YueSeM Telekom» va MegaFon Özbekiston bozoriga kirib kelişmoqda

«YueSeM Telekom» va MegaFon özbekistonlik hamkorlar bilan birgalikda Markaziy Osiyodagi eng yirik telekommunikatsiya bozorining texnologik ilğori bölişi kutilgan yangi qöşma korxona – Digital Holding’ni taşkil etişdi. Yangi QK tarkibidan mamlakatning telekommunikatsiya bozori ilğori bölgan Ucell kompaniyasi hamda USM’ning Özbekistondagi aktivlari – CRPT Turon va ICS Holding Uzbekistan örin olişdi.

Özbekiston xukumati Davlat aktivlarini boşqariş agentligi (DABA) orqali QKga Ucell telekom-operatorining 100% uluşini topşirmoqda. Rossiya tomoni Digital Holding rivojlanişi uçun 100 mln dollar miqdorida investitsiya, şu bilan birga USM’ning şöʼba korxonalari – CRPT Turon va ICS Holding Uzbekistan kiritmoqda.

QK tarkibiga kiriş uçun «YueSeM Telekom» va MegaFon «Didjital Invest» kompaniyasiga asos solişdi, unda ikki kompaniyaning uluşi 50%dan taqsimlandi. Yangi QKda «Didjital Invest» uluşi 51%, DABA uluşi 49%ga teng.

Bitim doirasidagi jarayonlar 2021−yil davomida yakuniga yetadi. Digital Holding eʼtiborini Özbekiston Respublikasida aloqa xizmatlaridan foydalanişni yanada qulayroq qiliş hamda sifatini oşiriş uçun xalqaro standartlarga mos keluvçi telekommunikatsiya infrastrukturasini şakllantirişga, axborot xavfsizligi va maʼlumotlarni saqlaş, baʼzi turdagi tovarlar harakatini markirovkalaş va kuzatib boriş sohalaridagi ilğor texnologiya va tizimlarni tatbiq etişga qaratadi.

«Özbekistonning raqamli xizmatlar bozorida yetakçi iştirokçini yaratiş ham MegaFon, ham MDH va Şarqiy Yevropa hududi texnologik liderni barpo etayotgan «YueSeM Telekom» strategiyalariga mos keladi. Işonçimiz komilki, MegaFon, Salohiyatli texnologiyalarni rivojlantiriş markazi va «IKS Xolding»ning raqamli loyihalarni amalga oşirişdagi köp yillik ekspertizasi Özbekistondagi sohaning eng yirik iştirokçisini rivojlantirişga kömaklaşadi», – deydi «YueSeM Telekom» boş direktori Ivan Streşinskiy.

«Raqamli xizmatlar isteʼmoli nuqtai nazaridan Özbekiston MDHning eng salohiyatli bozorlaridan, u sönggi 10 yil içida mobil aloqa abonentlarining uç baravardan köp ösişini namoyiş etgan bölsada, hali hanuz töyinişdan yiroq. Biz 2021−yil davomida Ucell içida jiddiy tarkibiy özgarişlar qiliş rejasidan yiroqmiz, köproq jipslaşiş va Ucell’da biznes ösişi uçun eng yaxşi amaliyotlarni tatbiq etişga eʼtiborimizni qaratamiz», - deydi MegaFon boş direktori Gevork Vermişyan.

«Işonçim komil: yangi qöşma korxonaning işga tuşişi Özbekistonning sönggi yillarda şiddat bilan rivojlanayotgan raqamli xizmatlar bozoriga yangi turtki böladi va Ucell hamda uning abonentlari uçun yangi imkoniyatlarni yaratadi», - taʼkidladi Özbekiston Respublikasi Boş vazirining maslahatçisi Olimjon Umarov.

«YueSeM Telekom» –USM xoldingining raqamli bölinmasi. MegaFon telekom operatori va «IKS Xolding» AT guruhining 100 foizini nazorat qiladi. «YueSeM Telekom»ning asosiy mulkdorlari − USM (80% aktsiyalar), Ivan Streşinskiy (10%) va Anton Çerepennikov (10%).

MegaFon – Rossiyaning telekommunikatsiya bozorida yetakçi örinlarda turuvçi raqamli imkoniyatlar milliy operatori. MegaFon Rossiya telekom bozorining barça segmentlarida, şu bilan birga Abxaziya, Janubiy Osetiya, va Tojikistonda faoliyat yuritadi, aloqa sifatiga azaldan alohida eʼtibor qaratadi va abonentlariga yuqori tezlikdagi internet taqdim etadi.

«IKS Xolding» – Rossiyaning köptarmoqli AT-guruhi, u YADRO, Nexign, «Tsitadel», «Kriptonit» hamda «Forpost» nomli 5ta subxoldingga birlaşgan 30ta kompaniyani  öz içiga oladi. "Iks Xolding" faoliyatining ustuvor yönalişlari – yirik işlab çiqariş korxonalarini raqamli transformatsiyalaş, axborot xavfsizligi, maʼlumotlarni saqlaş tizimlari, kriptografiya va kvant hisob-kitoblar, maşinalaştirilgan taʼlim va neyrotarmoqlar, blokçeyn texnologiyalari va sunʼiy intellektdan iborat. Xolding aloqa operatorlari uçun eng yirik AT yetkazib beruvçi sanaladi hamda Rossiyaning yirik AT işlab çiqaruvçilari Top-3taligiga kiradi.

Salohiyatli texnologiyalarni rivojlantiriş markazi (Tsentr razvitiya perspektivnix texnologiy, TSRPT) raqamli iqtisodiyotdagi salmoqli loyihalarni amalga oşiriş uçun taşkil qilingan. Markaz USM (50%), Rostex davlat korporatsiyasi (25%) va «Elvis-Plyus grupp» (25%)ning qöşma loyihasidir. Salohiyatli texnologiyalarni rivojlantiriş markazi Rossiyada tovarlarni raqamli markirovkalaş va kuzatib boriş davlat axborot tizimini yaratmoqda. Davlat-xususiy şeriklik şaklida taşkil qilingan CRPT Turon eksperiment natijalariga köra Özbekiston Respublikasida tovarlarni raqamli markirovkalaş va kuzatib boriş tizimi operatori deb tanlangan.

Ucell — GSM, UMTS, LTE va 5G standartlaridagi özbek uyali aloqa operatori. 2018 yilning 5 dekabridan OOO «COSCOM» («Ucell» savdo belgisi) – 100% davlat kompaniyasidir. Ötgan ikki yil mobaynida 8 million abonentga ega Ucell Özbekiston uyali aloqa bozorida yetakçiga aylandi. 2020 yil fevral holatiga aholi punktlaridagi qamrovi  97,6% (GSM); 72,9% (UMTS); 60,8% (LTE)ni taşkil etmoqda. Ucell — Özbekistonda 5G standarti böyiça ilk operator.

×