Özbekistonda tez orada Apple Pay xizmati işga tuşişi mumkin. Bu haqda Turizm qömitasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, yaqin kunlarda Apple Pay xizmatining ham işga tuşirilişi kutilmoqda. Bu boradagi texnik işlar Markaziy bank, tijorat banklari hamda mahalliy tölov tizimlari tomonidan olib borilmoqda.
“Mazkur qadam turizm sohasidagi islohotlar doirasida xorijiy sayyohlar uçun qulay şaroitlar yaratiş, jumladan, dunyoning yetakçi tölov tizimlarini milliy infratuzilmaga integratsiya qiliş böyiça izçil olib borilayotgan işlarning davomidir. Maqsad sayyohlarga Özbekistonda ham özlari işongan va xavfsiz deb bilgan tölov vositalaridan foydalaniş imkonini berişdir”, deyiladi xabarda.
Bildirilişiça, bunda sayyohlar oqimi jadal ösişi kutilayotgan Xitoy va Hindiston bozorlariga alohida eʼtibor qaratilib, Alipay+ hamda NPCI International tizimlari bilan integratsiya işlari olib borilmoqda. Mazkur çoralar xorijiy mehmonlarni naqd pul va xalqaro kartalarga boğliqlikdan xalos etib, Özbekistonni sayyohlar uçun yanada oçiq va qulay manzilga aylantirişga, mamlakatning turizm salohiyatidan töliq foydalanişga xizmat qiladi.









