Özbekistonda inflyatsiya 7 foizgaça yetişi mumkin – XVJ

Özbekistonda inflyatsiya 7 foizgaça yetişi mumkin – XVJ

Özbekiston, Qozoğiston va Qirğiziston 2026 yilda inflyatsiya darajasi eng yuqori bölişi kutilayotgan dunyodagi davlatlar qatoriga kiritildi. Bu haqda Xalqaro valyuta jamğarmasi (XVJ) prognozlarida keltirilgan.


Maʼlum qilinişiça, Qozoğiston 10,7 foizlik prognoz bilan 18-örinni egallagan. Qirğiziston esa 10,6 foizlik körsatkiç bilan 19-örinda qayd etilgan.

Markaziy Osiyo davlatlari içida aynan şu ikki mamlakatda isteʼmol narxlarining ösişi eng yuqori darajada bölişi kutilmoqda.

Boşqa mintaqalar davlatlari böyiça prognozlar quyidagiça:

  • Özbekiston – 7%
  • Belarus va Moldova – 6,4%
  • Ukraina – 6,1%
  • Ozarbayjon – 6%
  • Rossiya – 5,6%
  • Gruziya – 4,4%
  • Tojikiston – 4%
  • Turkmaniston – 3,9%
  • Armaniston – 3,6%

Eng yuqori inflyatsiya esa Venesuelada kutilmoqda – 387,4%. Kosta-Rika esa deflyatsiya qayd etilişi mumkin bölgan yagona davlat sifatida körsatilgan.

XVJ maʼlumotlari mamlakatlardagi narxlar dinamikasini baholaş va iqtisodiy barqarorlikni tahlil qiliş uçun işlatiladi.

Maʼlumot uçun, inflyatsiya – bu iqtisodiyotda tovar va xizmatlar narxlarining umumiy darajasi vaqt ötişi bilan oşib borişi, yaʼni pulning xarid qobiliyati pasayib ketişi holatidir. Oddiy qilib aytganda, avval bir miqdor pulga köproq narsa sotib oliş mumkin bölgan bölsa, inflyatsiya kuçayganda şu pulga kamroq mahsulot yoki xizmat oliş mumkin böladi.


×