YouTube'dagi monetizatsiya natijasida özbek blogerlari daromadi 50 mln dollarga yetişi mumkin

YouTube'dagi monetizatsiya natijasida özbek blogerlari daromadi 50 mln dollarga yetişi mumkin

YouTube platformasining Özbekistonda reklama daromadi köriş (monetizatsiya) xizmati yoqilişi tahlili taqdim etildi.

YouTube monetizatsiyasi 108 ta davlatda yoqilgan bölib, Markaziy Osiyo davlatlaridan faqat Qozoğistonda mavjud.

Özbekistonda kreativ industriya sohasiga oid 9,6 ming korxonada 84 ming nafar xodim faoliyat körsatmoqda. Kreativ iqtisodiyotning umumiy iqtisodiyotdagi uluşini 2030 yilgaça 5 foizga yetkaziş maqsad qilingan.

Monetizatsiya xizmati yoqilişi natijasida Özbekistonda mahalliy reklama bozori hajmi oşadi. 2024 yilda reklama bozori 2,1 trln söm bölib, 29 foizi - raqamli reklamaga töğri keladi (20 foiz - taşqi reklama, 51 foiz - telereklamalar).

Monetizatsiya natijasida mahalliy blogerlarning daromadi yiliga 30-50 mln dollarga yetişi mumkin. Yangi kontent yaratuvçilar soni oşib, kreativ sanoat rivojlanadi. 

Teglar:
×