Liviyada Buyuk Britaniyaga yöl olgan 300 dan ortiq noqonuniy muhojir öğirlab ketildi va ularga hatto içki aʼzolarini olib taşlaş bilan tahdid qilindi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Iroq Kurdistonidan çiqqan uşbu yoş muhojirlar 2025 yil yozida Liviyada politsiya tomonidan qölga olingan. Jinoyatçilar har bir garovdagi şaxs uçun 5 ming dollar tovon talab qilgan va pul öz vaqtida berilmasa, ularning buyraklari olinişi bilan qörqitgan.
Maʼlum qilinişiça, asirlar juda oğir şaroitlarda saqlangan. Ular bir kiçik xonada yuzlab odam bilan birga qamab qöyilgan, köpinça kun yoruğini körmagan, faqat juda oz miqdorda ovqat olgan va muntazam ravişda kaltaklangan. Baʼzi hollarda esa ularga bosim ötkaziş uçun qiynoqlar videoga olinib, oilalariga yuborilgan.
Asirlardan biri 178 kişi bir kiçik kamerada saqlanganini, hatto yotişga ham joy yetmaganini aytgan. Yana bir 16 yoşli ösmir esa oylar davomida quyoş nuri körmaganini bildirgan.
Kamida bir muhojir vafot etgani tasdiqlangan, biroq yana qança odam hozir ham garovda ekani nomaʼlum. Ayrim ozod etilganlarning tanasida jarrohlik amaliyotiga öxşaş izlar aniqlangan, bu esa aʼzolar olib taşlangan bölişi mumkinligi haqidagi xavotirlarni kuçaytirgan, ammo bu holat rasman tasdiqlanmagan.
Bu noqonuniy migratsiya yöllarini asosan kontrabandaçilar tarmoqlari boşqargan. Ular muhojirlarni Şimoliy Afrika orqali Liviyaga olib ötib, keyin Yevropaga yetkazişni vaʼda qilgan. Biroq Liviyadagi qurolli guruhlar bilan kelişmovçiliklar natijasida muhojirlar garovga aylangan.
Kurdiston mintaqaviy hukumati vakillari uşbu voqealarni tasdiqlab, qaytgan muhojirlardan boşqalarni ogohlantirişni söragan. Şunga qaramay, xavfli migratsiya yöllari orqali Yevropaga borişga urinişlar hali ham davom etayotgani aytilmoqda.









