Rossiyadan Toşkentga jönatilgan 7 tsisterna benzin öğirlab ketildi

Rossiyadan Toşkentga jönatilgan 7 tsisterna benzin öğirlab ketildi

Rossiyadan Toşkentga jönatilgan 7 tsisterna AI-95 markali benzin 30 yanvar kuni öğirlab ketildi.

Maʼlum bölişiça, fuqaro B.S. Ş.D., D.I. va boşqa şaxslar bilan özganing juda köp miqdordagi mulkini yaşirin ravişda talon-toroj qiliş maqsadida oldindan jinoiy til biriktirgan. Ular Rossiyaning Orsk şahri neftni qayta işlaş zavodidan Toşkent şahri Sirğali 5-dahasida joylaşgan MÇJ xorijiy korxonasiga yuborilgan 7 ta tsisterna vagonga yuklangan AI-95 markali benzin maxsulotlarini öğirlaşni rejalaştirgan. Vagonlarning tepa qismidagi lyukka örnatilgan tamğalarni kesib, lyuklarni oçib, öz boşqaruvlarida bölgan neft maxsulotlarini taşişga möljallangan transport vositalariga yuklab olib, voqea joyidan yaşiringan.

Mazkur xolat yuzasidan B.S va boşqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (Öğrilik) 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov xarakatlari olib borilmoqda.

×