Namanganda Qurʼoni Karimning qölyozma nusxasi öğirlab ketildi

Namanganda Qurʼoni Karimning qölyozma nusxasi öğirlab ketildi

Namangan viloyatidagi Sulton Uvays Qaraniy ziyoratgohida saqlanayotgan muqaddas Qurʼoni Karim kitobining qölyozma nusxasi öğirlab ketildi. Bu haqda viloyat Içki işlar boşqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, joriy yilning 9 avgustidan 10 avgustiga ötar keçasi soat taxminan 00:04 da nomaʼlum şaxslar Çortoq tumani “Baliqköl” MFYda joylaşgan Sulton Uvays Qaraniy ziyoratgohida saqlanyotgan “Qurʼoni Karim” kitobining qölyozma nusxasini öğirlab, nomaʼlum tomonga yaşiringan.

Xabarga köra, mazkur holat Namangan viloyati prokuraturasi hamda viloyat Içki işlar boşqarmasi rahbariyati tomonidan nazoratga olinib, Çortoq tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v”,“g” bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan. 

“Hozirda jinoyatni sodir etgan nomaʼlum şaxslarni qidirib topiş yuzasidan taşkil etilgan guruh tomonidan tezkor-qidiruv işlari olib borilmoqda. Qidiruv işlarining natijasi böyiça qöşimça maʼlumot taqdim etamiz”, deyiladi xabarda.

×