Rossiyaning Qozon şahrida özbekistonlik 19 yoşli talaba öğirlab ketildi. Bosqinçilar uni kaltaklab, söng tölov muddati ötgan 50 ming rubl qarzi uçun 500 ming rubl talab qilgan. Bu haqda Shot xabar bermoqda.
2023 yil iyul oyida Privoljsk federal universitetida tahsil olayotgan Z. ismli Özbekiston fuqarosi rossiyalik tanişi D.dan 50 ming rubl qarz olgan. U kelişilgan muddatda qarzini qaytara olmagan.
Nihoyat belgilangan sanadan ikki oy ötib, oktyabr oyining boşida pulni qarz bergan tanişiga özi olib borib bermay, dösti – yana bir Özbekiston fuqarosi bölgan yuridik fakultet talabasidan eltib berişini söragan.
Qayd etilişiça, 16 oktyabr kuni 3 nafar fuqaro Z.ga hujum qilib, Gentra rusumli avtomaşinaga ötqazib, şahar taşqarisiga olib çiqib ketadi.
“D. hamtovoqlari bilan birga qarzi haligaça qaytarilmaganini aytib, Z.ni kaltaklaydi. Muddati ötib ketgani uçun jarima sifatida uning 500 ming rubl tölaşini talab qiladi va maʼlum vaqtni belgilab, talabani qöyib yuborgan. Talaba esa töğri politsiyaga murojaat qilgan”, deyiladi xabarda.
Hozirda huquq-tartibot idoralari xodimlari jinoyat iştirokçilarining şaxsiga aniqlik kiritmoqda.









