Isroildagi özbekistonliklar ogohlantirildi

Isroildagi özbekistonliklar ogohlantirildi

Isroilda xavfsizlik vaziyati keskinlaşişi mumkinligi munosabati bilan Özbekistonning uşbu mamlakatdagi elçixonasi fuqarolarni ehtiyotkor bölişga çaqirdi.


Elçixona maʼlumotiga köra, barça fuqarolar Isroil front orti qömondonligi körsatmalariga qatʼiy amal qilişi lozim.

Xavfsizlik maqsadida himoyalangan joylarga yaqin hududda böliş, havo hujumi haqidagi signal yoki sirena yangraganda zudlik bilan boşpanalarga kiriş hamda rasmiy ruxsat berilmagunça ularni tark etmaslik tavsiya etilgan.

Şuningdek, fuqarolardan rasmiy xabarlar va favqulodda körsatmalarni muntazam kuzatib boriş söralgan.

Şoşilinç holatlarda quyidagi raqamlarga murojaat qiliş mumkin:

  • 03-672-2466
  • 03-672-2371
  • 03-758-5075
  • 03-758-5076

Favqulodda holatlar uçun:

+972 54-4851397

Avvalroq, Eron Isroilning Bayrut janubidagi Dahiya tumanida joylaşgan “Hizbulloh” infratuzilma obʼektiga bergan zarbasidan keyin Isroil hududiga raketa hujumlarini qayta boşlagan edi.

Şundan söng Isroil tomoni Eronga qarşi javob zarbasini amalga oşirganini maʼlum qilgan.


×