Isroildagi özbekistonliklar tezkor ogohlantirildi

Isroildagi özbekistonliklar tezkor ogohlantirildi

Isroil Eronga raketa hujumi uyuştirgani xabar qilingan edi. Endi Isroilga raketa otilişi mumkinligi munosabati bilan uşbu mamlakatdagi özbekistonliklardan tezkor ehtiyot çoralarini köriş qatʼiy tavsiya qilinmoqda. Özbekistonning Isroildagi elçixonasi bu haqda ogohlantiriş bilan çiqdi.

Fuqarolarga quyidagi qatʼiy tavsiyalar berilmoqda:

  • Raketa hujumlari paytida tezlik bilan bomba boşpanalariga kiriş;
  • Isroil hukumati va Özbekiston elçixonasi rasmiy xabarlarini kuzatib boriş. Isroil front orti qömondonligi bildirişnomalari va ogohlantirişlariga amal qiliş;
  • Şaxsni tasdiqlovçi hujjatlar va Özbekiston elçixonasining aloqa maʼlumotlarini doimo olib yuriş.

Agar şoşilinç yordam yoki maslahat kerak bölsa, Özbekistonning Isroildagi elçixonasiga quyidagi telefonlar orqali murojaat qiliş:

  • Favqulodda yordam telefonlari:

 03-672-2466

 03-672-2371

 03-758-5075

 03-758-5076

  • Favqulodda va şoşilinç xabarlar uçun:

 054 485 1397

  • Elektron poçta: il.uzembassy@mfa.uz


×