Sönggi paytlarda Turkiyada soxta 50 va 100 dollarlik kupyuralar tarqaliş holatlari kuzatilmoqda.
Şu munosabat bilan, valyutani sotib olişda, qabul qilişda diqqatli böling va quyidagilarga eʼtibor bering:
- dollarni faqat bank yoki litsenziyali valyuta ayirboşlaş joylarida qabul qiling;
- ayniqsa, katta miqdordagi dollarni qabul qilganingizda, tekşiruv uskunalaridan foydalaning;
- qölma-qöl pul ayirboşlaşdan saqlaning.
Qonunçilik va huquqiy maslahatlar:
- soxta kupyuralarni qabul qiliş yoki tarqatiş qasddan amalga oşirilsa, Turkiya qonunçiligida oğir jazo belgilangan;
- agar şubhali kupyuralarga duç kelsangiz, zudlik bilan mahalliy politsiya yoki konsulxonaga murojaat qiling, deyiladi Boş konsulxona xabarida.









