Qozoğistondagi özbekistonliklar ogohlantirildi

Qozoğistondagi özbekistonliklar ogohlantirildi

Qozoğiston Respublikasida bölib turgan va tranzit yönalişida harakatlanayotgan Özbekiston fuqarolari ogohlantirildi. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi. 

Qayd etilişiça, sönggi kunlarda Qozoğiston Respublikasining hududlarida ob-havoning keskin sovuşi oqibatida yöllarda harakatlaniş bilan boğliq noqulayliklar yuzaga kelmoqda. Yaqin haftalar davomida magistral yöllarga tuman tuşib, kuçli qor yoğişi hamda muzlaş holatlari kuzatilişi mumkin. Bu esa avtoyöllarda harakatlanişda qiyinçiliklar keltirib çiqaradi.

Şu munosabat bilan, qöşni davlatda bölib turgan Özbekiston fuqarolaridan yöllarda harakatlanişda barça xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya qiliş, juda zarur bölganda poyezd yoki samolyotga çiqiş, zarurat bölmaganda uzoq masofali yöllarda transport vositalarida harakatlanmaslik söralgan.


Teglar:
×