Tezkor: Rossiyadagi Özbekiston fuqarolari majburan uruşga jönatilişi mumkin

Tezkor: Rossiyadagi Özbekiston fuqarolari majburan uruşga jönatilişi mumkin

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Içki işlar vazirining joriy yilning 22 sentyabr kuni qabul qilingan, mamlakatda vaqtinça bölib turgan Özbekiston, Qirğiziston va Tojikiston fuqarolarini armiyaga safarbar etişni taşkillaştiriş töğrisidagi buyruği ekani aytilayotgan hujjat surati tarqaldi.

Buyruqqa köra Özbekiston, Tojikiston va Qirğiziston respublikalari fuqarolarini 2022 yil 1 noyabrdan boşlab majburiy tarzda Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuçlari tarkibiga jalb etiş kerakligi körsatilgan.

Agarda ular harbiy xizmatga borişdan boş tortsa, çaqiriq qoğozini qabul qilmasa, ularga işlaş uçun berilgan ruxsatnomani bekor qiliş va 5 yil muddatga Rossiyaga kirişini taqiqlab, deport qiliş buyurilgan.

Hujjatda xorijiy fuqarolardan 75 000 nafarini harbiy xizmatga oliş böyiça körsatma berilgan.

“Sputnik Qirğiziston” naşrining Bişkekdagi Rossiya elçixonasiga tayanib, yozişiça, bu xabarlar haqiqatga töğri kelmaydi.

“Biz Rossiyadagi çet el fuqarolarini, jumladan qirğizistonliklarni ham turli provokatsiyalarga berilmaslikka va faqat rasmiy maʼlumotlarga eʼtibor qaratişga çaqiramiz”, deyiladi elçixona xabarida.

Eslatib ötamiz, Rossiya prezidenti huzuridagi Inson huquqlari böyiça kengaş aʼzosi Kiril Kabanov oxirgi 10 yilda Rossiya fuqaroligini olgan markaziy osiyoliklarni ham uruşga safarbar qiliş imkoniyatlari körib çiqilayotganini maʼlum qilgandi.

Qayd etiş kerakki, Rossiyada mehnat migrantlarini faol ravişda uruşga tortiş kampaniyasi olib borilmoqda. Buning uçun, hatto Prezident Vladimir Putin çet elliklarga harbiy xizmatga boriş evaziga fuqarolik berişni osonlaştiriş haqidagi qonunni ham imzoladi. Şuningdek, mamlakatdagi migratsiya markazlarida muhojirlarga turli tillarda uruşga borişning foydasi, beriladigan imtiyozlar haqida varaqalar tarqatilmoqda.


×