Özbekistonda Qurbon hayiti munosabati bilan 10 ming bolaning jarrohlik amaliyoti ötkazib berilmoqda. Bu haqda Prezidentning “Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan aholini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş va mehr-saxovat tadbirlarini samarali taşkil etiş töğrisida”gi qarorida belgilangan.
Xususan, Prezident qaroriga muvofiq:
- Oğir va nogironlikni keltirib çiqaruvçi kasalliklarga çalingan 10 ming nafar bolada jarrohlik amaliyoti ötkazilmoqda.
- 2,3 ming nafar onkologik, gematologik va onkogematologik taşxisi qöyilgan bemorlarni tibbiy tekşiruvdan ötkaziş, davolaş va jarrohlik amaliyotlari, şuningdek, kamida 350 nafar bemorda jigar va buyrak transplantatsiyasi amaliyotlarini ötkaziş xarajatlari qoplab berilmoqda.
- 8 ming nafardan ziyod yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar hamda Vatan sarhadlarini himoya qiliş yölida qurbon bölgan ota-onalarning farzandlarining omonat hisobvaraqlariga 200 AQŞ dollari miqdorida pul mablağlari ötkazib berilmoqda.
- 500 ta masjidda aholi uçun qulay şaroitlar yaratiş maqsadida zamonaviy tahoratxonalar quriş, rekonstruktsiya qiliş yoki taʼmirlaş, şuningdek, joylardagi qabristonlarni obod qiliş işlari amalga oşirilmoqda.
- Davlat taʼminotidagi oilalar, özgalar parvarişiga muhtoj bölgan yolğiz yaşovçi hamda yolğiz keksalar va nogironligi bölgan şaxslar oziq-ovqat töplamlari bilan taʼminlanmoqda.
Mazkur çora-tadbirlarni amalga oşiriş uçun “Vaqf” xayriya jamoat fondiga 690 milliard söm mablağ ajratilgan.









