Özbekistonda ilk bor murakkab jigar köçiriş operatsiyasi ötkazildi

Özbekistonda ilk bor murakkab jigar köçiriş operatsiyasi ötkazildi

Kuni keça respublika ixtisoslaştirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida ilk bor Karoli sindromiga çalingan bemorda murakkab jigar köçiriş operatsiyasi ötkazildi. Bu haqida SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uşbu jarrohlik amaliyoti xirurg, professor Mirşavkat Akbarov boşçiligidagi özbekistonlik şifokorlar tomonidan mustaqil amalga oşirildi.

12 soatdan ortiq davom etgan jarrohlik amaliyotida Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida yaşovçi 18 yoşli bemor — Feruzbek Şamsiddinovga 44 yoşli onasi Gulçehra Yuldaşevaning jigaridan bir bölagi köçirib ötkazildi.

Hozir har ikkala bemorning ham ahvoli yaxşi, donor esa palataga olingan. 

— Ikki yil avval terimda juda kuçli qiçişiş paydo böldi, — deydi F. Şamsiddinov. — Keyinçalik rangim sarğaya boşladi. Şundan söng tuman köp tarmoqli poliklinikasi şifokorlariga murojaat qildik. Topşirgan qon tahlillarim menda gepatit V kasalligi borligini körsatdi.

Vraçlar tavsiyasi bilan tibbiy muolajalar olişni boşladim, biroq umumiy ahvolimda ijobiy özgariş bölmadi. Şundan söng Buxoro viloyat klinik şifoxonasida qayta tibbiy tekşiruvlardan ötdim.

Yakuniy tahlillardan keyin şifokorlar jigarimda jiddiy xastalik borligini, uni esa Respublika ixtisoslaştirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida operatsiya orqali davolaş mumkinligini aytişdi. Bu yerga kelgaç, menda kamdan kam uçraydigan oğir kasallik aniqlandi. Oçiği, avvaliga biroz qörquv böldi. Ammo şifokorlarning tavsiyalari, ruhiy daldasi uşbu hayajonni yengişimga katta yordam berdi.

Bemorni operatsiyaga tayyorlagan şifokor Azimjon Usmonov bu yil önlab hamkasblari qatori Rossiyaning akademik V.I.Şumakov nomidagi transplantologiya va sunʼiy organlar milliy tibbiyot ilmiy markazida malaka oşirib qaytgan yoş jarrohlardan.

Uning taʼkidlaşiça, Karoli sindromi kamyob kasallik bölib, har million kişining bittasida aniqlanadi. Bemor yoş bölgani va kasallik irsiy ekani hamda heç qanday virusli infektsiya yöqligi sababli Feruzbek operatsiyadan söng özini tez tiklab oladi.

×