Xorijdagi xalqaro terrorçilik taşkiloti safiga qöşilişni rejalaştirgan 17 yoşli şaxs va uning hamkorlari uşlandi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, 2007 yilda Toşkent viloyatida tuğilgan K.I. internet tarmoğida ekstremistik ğoyalar taʼsiriga tuşişi oqibatida 16 nafar yaqin tanişlari bilan noqonuniy “jamoat” bölib yiğilib, kelgusida xorijda faoliyat olib borayotgan “Islom davlati” xalqaro terrorçilik taşkilotlari safiga qöşilişni rejalaştirgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-moddasi (Ommaviy tartibsizliklar) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
“Loqaydlik va işonuvçanlik oqibatida, internet tarmoği orqali yot ğoyalar taʼsiriga tuşib qolmaslik uçun fuqarolarimizni doimo ogoh bölişiga çaqiramiz. Özingizning taqdiringizga befarq bölmang”, deyiladi xabarda.









